“Amparo” nodavlat tashkiloti yetti yildan beri Tojikistonda omma, ayniqsa yoshlar huquqiy bilimini oshirish borasida faoliyat olib boradi. Yaqinda bu muassasa yopilsin degan buyruq chiqdi. Sabab, deydi "Amparo" xodimlari, "ishimizning hukumatga yoqmagani". Tashkilotga “Amparo” nomi bejiz tanlanmagan bo’lib, ispan tilida bu - himoyachi, ko’mak, sarpanoh singari ma’nolarni beradi. Amerika yuristlar uyushmasi programmasi asosida bilim olgan eng faol huquqshunoslar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Amparo” fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarini himoya etish hamda mamlakatda demokratik va huquqiy davlat qurish asoslarini mustahkamlash yo’lida harakat qilib keldi. Yosh huquqshunoslar o’zlari asos solgan nodavlat tashkilotining majburiy ravishda sud qarori bilan barham berilishiga xalqaro yuridik tamoyillar asosida baho berilishi va adolat tiklanishi uchun kurash boshlagan.
Huquq tashkiloti hukumat bilan kurashmoqda, Tojikiston

25
Amparo ofisida yoshlarga tekin internet, kompyuter kusrlariga o'qitish yo'lga qo'yilgan. Ayni damda tshkilotni tugatish prosessi borayotganligi uchun bu xonada o'smirlar oz.

26
Amparo ofisida yosh rassomlar va fotograflar ko'rgazmasi

27
Amparo maktab o'quvchilari orasida vatanparvarlik mavzusida o'tkazgan yosh rassomlar ko'rgazmasi

28
Amparo huquqshunosi Dilshod Jo'rayev mahalliy radioda eshittirish olib bormoqda