AQShning Tojikistondagi elchisi Syuzan Elliot ko’hna Xo'jandda bo’lib, o’lka obidalari, mahalliy aholi udumlari va qiziqqon yoshlar bilan tanishdi. Diplomat viloyat va shahar rahbarlari, ziyolilar va hunarmandlar bilan uchrashdi. Rasmiy va norasmiy muloqotlarda Amerika va Tojikiston orasidagi aloqalar borasida so’z bordi.
AQSh elchisi Syuzan Elliot Xo'jandga safar qildi

1
Sug'd viloyatiga ilk safarida Xo'jand nonlaridan tatib ko'rar ekan AQSh elchisi Syuzan Elliot xonim uning ta'mini bir umr unutmasligini aytdi.

2
Milliy an'analar uslubida tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari va taomlar ko'rgazmasi AQSh elchisida katta taassurot qoldirdi.

3
Sug' viloyati shimoli-sharqiagi Isfara nohiyasida yangi Amerika burchagi ochilishi marosimida.

4
Isfara yoshlari oldida