Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionati yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Kutilmagan va qiziqarli o'yinlarga boy bo'layotgan musobaqadan olingan so'nggi suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.
Jahon chempionatining so'nggi o'yinlari

1
Niderlandiya darvozaboni Tim Krul Kosta Rikaga qarshi kechgan o'yin so'ngida tashkil etilgan penaltilar seriyasida ikki marta jamoa darvozasini goldan saqlab qoldi, 5-iyul, 2014-yil.

2
Kosta Rika darvozaboni Keylor Navas Niderlandiya hujumchisi Vesli Sneyder tepgan jarima to'pini qaytarmoqda, 5-iyul, 2014-yil.

3
Kosta Rika vakili Jonni Akosta Niderlandiyaga qarshi kechgan o'yinda darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi, 5-iyul, 2014-yil.

4
Argentina hujumchisi Lionel Messi Belgiyaga qarshi jarima to'pini tepmoqda, 5-iyul, 2014-yil.