Amerika tarixidagi biror otishmada bu qadar ko'p odam o'lmagan. Orlando shahridagi qatliom ortida afg'on muhojir Umar Siddiqiy Matin turibdi, deya bayon qilmoqda Federal Qidiruv Byurosi. Hujum gomoseksual odamlarga qarshi harakat bo'lib, 50 kishi halok bo'lgan, jumladan hujumchining o'zi ham. Prezident Barak Obama voqeani terror va nafrat xuruji deb atadi. AQSh qo'rqinch va vahimaga berilmay bunday hujumlarning oldini olish va jamiyatda bag'rikenglikni kuchaytirish yo'lidan boradi, deydi prezident.
Floridada qatliom

1
Bag'rikenglikni targ'ib qiluvchi tadbirlar, Orlando

2
Bag'rikenglikni targ'ib qiluvchi tadbirlar, Orlando

3
Amerika nafratga berilmaydi, bu qatliomga bag'rikenglik va mehr-muhabbat bilan javob beradi, deydi Prezident Barak Obama, Orlando shahrida o'ldirilgan o'nlab insonlarning oilalariga hamdardlik bildirar ekan.

4