Braziliyada futbol bo'yicha 2014-yilgi jahon chempionati boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Mamlakat futbol ruhi bilan yashamoqda. Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar bu yerda so'nggi mashg'ulotlarni o'tkazmoqda. Dunyo nigohi bir oy davomida Braziliyaga qaratiladi.
Braziliya jahon chempionati arafasida

1
Braziliyalik futbol ishqibozi to'p bilan o'ynamoqda, Rio-de-Janeyro, 8-iyun, 2014-yil.

2
Braziliadagi Metropolitan cherkovi mamlakat milliy terma jamoasi rangida tovlanmoqda, 6-iyun, 2014-yil.

3
Meksika jamoasi hujumchisi Xavier Ernandes Braziliyaning Santos shahridagi mashg'ulotda, 8-iyun, 2014-yil.

4
Niderlandiya jamoasi mashg'ulot olib borayotgan Rio-de-Janeyro shahridagi maydonda xavfsizlik xodimlari o'yinni kuzatmoqda, 8-iyun, 2014-yil.