Ukrainaning Slavyansk shahrida xavfsizlik kuchlari va rossiyaparast isyonchilar o'rtasida otishmalar davom etmoqda. Tailandda zilzila ro'y berdi. Xitoyda yana pichoq bilan chavaqlash hodisasi sodir bo'lgan. Shu kabi kunning muhim voqealari suratlarda aks etgan.
Kunning muhim suratlari

5
Politsiya Xitoyning Guanchjou shahridagi poyezd stansiyasida pichoq bilan chavaqlash hodisasi yuz bergan joyni ko'zdan kechirmoqda. Hujumda kamida 6 kishi jarohat olgan, 6-may, 2014-yil.

6
BMT Bosh kotibi Pan Gi-Mun Janubiy Sudanda ixtiloflar bois o'z uyini tark etgan qochoqlar uchun tashkil qilingan lagerda yosh bolani ko'tarib turibdi, Juba, 6-may, 2014-yil.

7
Shimoliy Tailandda yuz bergan zilzila yo'llarni yorib yubordi, 6-may, 2014-yil.