Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda.
Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

1
Grabovo, Donetsk - Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakillari hududga kelmoqda, separatist kuchlar ularni nazorat qilmoqda

2
Aleksander Xag, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakili, Grabovo, Donetsk

3
Yo'lovchilardan qolgan ashyolar, Grabovo, Donetsk

4
Grabovo, Donetsk