Musulmonlar uchun Ramazon oyi boshlandi. Bu oy 30 kun davomida islom dini vakillari sahardan shomgacha oziq-ovat yemasdan va ichimlik ichmasdan ro'za tutadi. Xuftondan so'ng esa masjidlarda taroveh namozlari o'qilib, Qur'on xatm qiladilar.
Dunyo bo'ylab Ramazon
- Amerika Ovozi

1
Shimoliy Iroqning Irbil shahri yaqinida qochoqlar uchun iftorlik dasturxoni tayyorlanmoqda, 29-iyun, 2014-yil.

2
Falastinlik pazandalar shirin kulcha tayyorlamoqda. Shirin kulchaga, odatda pishloq va yong'oq mag'zi solinadi va u Falastin oilalarida ko'p tayyorlanadi, G'arbiy sohildagi Jenin shahri, 29-iyun, 2014-yil.

3
Indoneziyada iftorlik oldidan oziq-ovqat rastalarida savdo qiziydi, Jakarta, 30-iyun, 2014-yil.

4
Iroqdagi qochoqlar iftorlikka bepul ovqat olish uchun navbatda turibdi, Irbil yaqinidagi Xazer qochoqlar lageri, 29-iyun, 2014-yil.