Pokiston Mudofaa vaziri Ahmad Muxtor Qo'shma Shtatlardan Pokiston janubi-g'arbidagi chekka harbiy-havo bazasini tark etishni so'ragan. Baza Balujiston viloyatida joylashgan.
Vazirning aytishicha, AQSh u yerdan turib Tolibon va al-Qoida jangarilariga qarshi havodan hujumlar uyushtirib turadi. Ammo AQSh rasmiylarining ta'kidlashicha, Shamsi bazasida Amerika harbiylari yo'q.
Amerika hukumati pilotsiz samolyotlar yordamida jangarilarni o'qqa tutishini rasman tan olmagan.
Pokiston AQShni Balujistondagi bazani tark etishga chaqirmoqda
- Amerika Ovozi
