AQShda chiqqan so’nggi hisobotga ko’ra, xalqaro qo’shinlar 2014-yilda Afg’onistondan ketgach, mamlakat o’zini eplashi gumon.
Your browser doesn’t support HTML5
Kundalik Eshittirish, 1-noyabr, 2012-yil
Afg’onistonni qayta qurishga doir hujjat kecha e’lon qilindi va unda rasmiy Kobul potensiali, samaradorligi, xususan, byudjet va savdo-sotiqni yuritish, logistika kabilarga baho berildi.
Bu tizimlar pishiq emas, deyiladi xulosada.
Amerikalik tahlilchi Gari Shmitt:
“Afg’on armiyasi va huquq-tartibot xodimlari vaqtida maosh olishi, to’yib ovqatlanishi va zarur jihozlar bilan ta’minlanishiga ko’zimiz yetmayapti. Bu esa askarlar ishini tashlaydi yoki hukumatga qurol o’qtaladi, degani”, - deydi mutaxassis.
O’tgan yili Shimoliy Atlantika harbiy bloki, ya’ni NATO Afg’onistonni qo’llab-quvvatlash, ish yuritishni yo’lga qo’yish uchun, xususan, ma’murlarini tayyorgarlikdan o’tkazish uchun 800 million dollar sarflagan.