Bugungi dunyo suratlarda - 25-fevral, 2025
Nepalda Buddizm e'tiqodiga ko'ra yangi yil raqsi
Isroilda politsiya xodimi harbiy xizmatga yollanishga qarshi bosh ko'targan dindor yahudiyga kuch ishlatmoqda, Quddus.
Janubiy Koreyaning Anson shahrida qurilayotgan ko'prik qulashi oqibatida kamida to'rt ishchi halok bo'ldi, olti kishi yaralandi.
Poytaxt Seuldan 70 kilometr janubda joylashgan Anson shahrida avtomagistralda qurilayotgan ko'prikning 50 metrli beshta ustuni qulab tushdi.
To'rt qurbonning ikki nafari Xitoy fuqarolari. Jarohat olganlarning besh nafari og'ir ahvolda. Ulardan biri ham Xitoy fuqarosi ekani ma'lum qilingan.
Fojia mahalliy vaqt bilan ertalab 9:49 da yuz bergan.
Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi Donetsk hududida mahalliy aeroport uchun kechgan janglarda devorlarini o'q teshgan ibodatxona
Rim papasi muolaja jarayonida ekan, Vatikanda ibodat
Milanda moda haftaligi, Italiya.
Dengizga intilgan chaqaloq toshbaqalar, Indoneziya.