Suriya muxolif guruhlari shu hafta Qatarda yig’ilib, prezident Bashar al-Assadga muqobil kuch bo’lib birlashish, yangi hukumat tuzish haqida gaplashayapti.
Faollarning aytishicha, kechagi janglarda o’lganlar 150 kishini tashkil etgan.
Damashq va Halab ayniqsa qattiq talofat ko’rgan.
O’lganlar orasida parlament spikeri Jihad Lahamning inisi Muhammad Laham ham bor.
Suriyada o’tgan yilning bahoridan beri qo’zg’olon va urush taxminan 36 ming odamni hayotdan olib ketgan.