Afg'onistondagi jamoatchi muxbir. Olti millionga yaqin o'zbek yashaydigan mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yoritadi.
“Afg’oniston xotin-qizlari qon to’kishlar to’xtab, sulh ta’minlanishini, tinch yashashni xohlaydilar”, - deydi Deputat Shafiqa Saxo. Tolibon delegatsiyasi tarkibida ayollarning yo’qligi ham umidsizlikni kuchaytiradi, deydi Shafiqa Saxo.
Faryob - janglar kuchaygan viloyatlardan biri. Hukumatga ko’ra, ikki kunda 58 tolib halok bo’lgan. To’qnashuvlar natijasida tinch aholi vakillari ham jon bergani ta’kidlanmoqda.
So’nggi paytlarda Afg’onistonning shimoliy viloyatlarida, xususan Qunduz, Tahor, Badaxshon, Saripul va Faryobda janglar shiddati kuchaygan. Sharhlovchilarga ko'ra Tolibon hujumlari bundan-da oshishi mumkin.
Turkmaniston Afg’onistonga koronavirusni aniqlovchi tibbiy uskunalar jo’natdi. Laboratoriya jihozlari chegaradagi Hirot va Faryob viloyatlari rasmiylariga topshirilgan. “Amerika Ovozi” Afg’oniston-Turkmaniston chegarasida bo’ldi.
Koronavirusni aniqlovchi tibbiy uskunalar chegaradagi Hirot va Faryob viloyatlari rasmiylariga topshirilgan. Ko'mak qiymati 1,5 million dollarga teng.
Andhuiy Faryob viloyatining Andhuy tamanida tug’ilgan. Dutor chalishni otasidan o’rgangan. O’zbekistonning Surxondaryo viloyatida olti oy davomida ta’lim olgan, malaka oshirgan.
Afg’onistonlik san’atkor Abdul Manon Andhuiy O’zbekistoning Surxondaryo viloyatida olti oy davomida malaka oshirgan. Adabiyot va musiqa bir-biri bilan uzviy bog’liq, deydi u. Ko'proq Bobur va Navoiy she’rlarini ijro etadi.
Afg’onistonda og’ir jinoyatlarda ayblangan toliblarni ozod etish masalasi Loya Jirg’a kengashida ko’rib chiqilmoqda. Jirg’a ishtirokchisi Zalmay Aziziyning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, mahbuslar ozod etilsa tinchlik muzokaralarini boshlamaslik uchun Tolibonda hech qanday bahona qolmaydi.
Loya Jirg’a a’zolarining aksariyati Tolibon mahbuslarini shartli ravishda ozod etish uchun ovoz bergan. Bu afg’on guruhlari orasida tinchlik muzokaralari boshlanishiga yo’l ochishi mumkin.
Afg’oniston “Milliy Junbish” partiyasi rahbari Abdul Rashid Do’stumga marshal unvoni rasman taqdim etildi.
Afg’oniston Milliy birdamlik oliy kengashi raisining birinchi o’rinbosari doktor Inoyatullah Bobur Farahmand bilan “Milliy Junbish” partiyasi rahbari Abdul Rashid Do’stumning marshal unvonini qozonishi va Tolibon bilan sulh muzokaralari haqida suhbatlashdik.
Afg’onistonda so’nggi 19 yilda ko’zga ko’ringan yutuqlardan biri sifatida tan olinayotgan so’z erkinligi cheklanishi haqida xavotirlar kuchaymoqda.
Afg’onistonda so’nggi 19 yilda ko’zga ko’ringan yutuqlardan biri sifatida tan olinayotgan so’z erkinligi cheklanishi haqida xavotirlar kuchaymoqda. Hukumat ommaviy axborot vositalariga oid qonunni o’zgartirishga bel bog’lagan.
Afg’onistonda davom etayotgan urushlar natijasida minglab odamlar uy-joylaridan ayirilgan. Ular og’ir sharoitda yashamoqda.
Afg’onistonda davom etayotgan urushlar natijasida minglab odamlar uy-joylaridan ayrilgan. O'z vatanida qochqin bo'lib yashayotganlar ko'p. Bolalar, ayollar, keksalar. “Amerika Ovozi” ularning ahvoli bilan yaqindan tanishdi.
Afg’onistonda xotin-qizlar barcha sohalarda o’qimoqda, ishlamoqda. Grafik va veb-dizayi bo’yicha o’qigan, ijod qilgan opa-singillar Nilufar va Nargiz Ahmadiylar bilan suhbatlashamiz.
Faryoblik Muhammad Nur 6 yarim yilni Turkmaniston qamoqxonalarida kechirgan. U yerdagi birinchi kunlar og’ir kechganini aytadi.
Kelishuv Afg'onistonda 2019-yilning sentabridan beri davom etayotgan siyosiy inqirozga barham beradi degan umid bor.
Ko'proq...