Afg'onistondagi jamoatchi muxbir. Olti millionga yaqin o'zbek yashaydigan mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yoritadi.
Afg’onistonda qizlarning musiqa bilan shug’ullanishi hali ham mushkul ish. Notinchlik va hukmron udumlar to’sqinlik qilayotgan asosiy omillardan.
Afg’onistonning Mozori Sharif shahrida bir guruh qizlar gitara chalishni mashq qilmoqda. Ular musiqa orqali orzu-istaklarini bayon qiladi, sulh va xotin-qizlar dardini kuylaydi.
O’zbekiston hukumati 2019-yilning mayida jangari guruhlar safida faoliyat yuritgan o’zbekistonliklarning oila a’zolarini xorijdan vatanga qaytargan edi. Gulruxsor Hayitova turmush o’rtog’i bilan Pokistonning Afg’oniston bilan chegara joylarida yashagan.
Qizlar Surxondaryo viloyatida joylashgan Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida tahsil olmoqda.
Afg’oniston va O’zbekiston o’rtasidagi ilmiy, madaniy-ma’rifiy hamkorlik doirasida joriy yilning 25-noyabr kuni bir guruh afg’onistonlik yoshlar O’zbekistonga tahsil olish uchun yuborildi. Ular Surxondaryo viloyatida joylashgan Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida tahsil olmoqda.
Afg’onistonda 28-sentabr kuni o’tkazilgan prezident saylovi boshlang’ich natijalari e’lon qilindi.
O’zbekiston hukumati 2019-yili 30-may kuni “Mehr” operatsiyasi orqali Suriya va Iroqda jangari guruhlar safida faoliyat yuritgan o’zbekistonliklarning oila a’zolarini vatanga qaytargan edi.
O’zbekiston hukumati 2019-yilning mayida Suriya va Iroqdagi o’zbekistonlik jangarilarning oila a’zolarini, yuzlab ayollar va bolalarni vatanga qaytargan edi. Muxbirimiz Surxondaryoda bo’lib, Afg’onistondan qaytgan Gulruxsor Hayitova va Suriyadan olib chiqilgan Sayyora Ermatova bilan suhbatlashdi.
Operatsiya natijasida Qaysoriyning o’zi qo’lga olingani yo’q. Lekin uning yetti nafar qo’riqchisi jon bergan, 30-35 nafari asir olingan.
Afg’oniston hukumati bergan farmon asosida Faryob viloyatining Qaysor tumanida sobiq politsiya boshlig’i, o’zbek qo’mondoni Nizomiddin Qaysoriyni qo’lga olish uchun harbiy amaliyot o’tkazilgan. Ikki tomon o’rtasida og’ir va yengil qurollar ishtirokida otishma yuz bergan.
AQShning Afg’onistondagi qo’shinlari bosh qo’mondoni general Skott Miller Juzjon viloyatiga safar qilib, mamlakat prezidenti birinchi o’rinbosari o’zbek generali Abdul Rashid Do’stum bilan uchrashdi.
Anas Haqqoiy Pokistonda asoslangan Haqqoniy tarmog’ining asoschisi Jaloliddin Haqqoniyning o’g’li. Kompyuter sohasida mutaxassis. Shu borada Tolibonga katta yordam bergan.
Afg’onistonda 28-sentabr kuni o’tkazilgan prezident saylovi jiddiy muammolar bilan yuzlashmoqda. Mustaqil saylov komissiyasi 300 ming ovozni qayta sanash yuzasidan qaror qabul qilgan. Nomzodlar norozi.
Afg’onistonda 28-sentabr kuni o’tgan saylovning natijalari haligacha e’lon qilinmagan. Mustaqil saylov komissiyasi taqvimiga ko’ra, dastlabki natija 19-oktabr kuni, yakuniy natija esa 7-noyabrda e’lon qilinishi kerak edi.
Afg’onistonning ko’plab shaharlarida talabga javob beradigan kutubxonalar mavjud emas. Ko’pchilik internetdan foydalangan holda kundalik muammolarini hal qiladi.
Yosh shoir Dastgir Farhudning “Havvodan tortib bugungacha qizlar go’zal” nomli ilk asari nashr etilib, uning taqdimoti o’tkazildi. Shoir bilan suhbatlashdik.
Yosh shoir Dastgir Farhudning “Havvodan tortib bugungacha qizlar go’zal” nomli ilk asari nashr etilib, uning taqdimoti o’tkazildi. 110 ta ruboiydan iborat to’plam - Farhudning bir necha yillik mehnati samarasi.
Afg'onistonlik o'zbeklar ham bo'lajak prezident uchun ovoz bergan. Muxbirimiz Abdulbasir Ilg'or yo'llagan ushbu suratlarda Juzjon viloyatining Shibirg'on shahridagi saylov uchastkasi tasvirlangan.
Mustaqil saylov komissiyasiga ko’ra, ro’yxatdan o’tgan 9,6 million saylovchining (35 foizi ayollar) salkam 20 foizigina saylovda qatnashgan. Saylovda 13 nafar nomzod bellashgan. Prezident Ashraf G’ani va hukumat raisi Abdulla Abdulla asosiy da’vogarlardan.
Ko'proq...