Parvon viloyatidagi Bagrom harbiy inshooti 20 yil AQSh va xalqaro koalitsiya uchun boshqarma bo'lgan. 2021-yilning avgustida Tolibon nazoratiga o'tgan.
Pokiston hukumati afg'on qochqinlarga yo Amerikaga keting yo vatanga qayting, deya shart qo'ymoqda. Gap AQShdan boshpana so'rayotgan va ishi ko'rib chiqilishini kutayotgan minglab afg'onistonliklar haqida ketmoqda.
Shu oyning o'zida Afg'onistonda kamida 61 fuqaro, jumladan to'qqiz ayol, stadionlarda jazolangan. Oddiy odamlar va toliblar tomosha qilgan.
Afg'oniston Tolibon hukmronligi ostida iqtisodiy jihatdan ildamlamagan, doimiy nochorlikda, siyosat mavhum, moliyaviy sektor izolyatsiyada, xorijdan yordam ozayib ketgan, savdo cheklangan.
Tolibonga ko'ra. AQShdan qolgan qurol-aslaha "uzoq va samarasiz urush" nishonalaridir va bu vositalar endi Afg'onistonniki. Bu qurollar dushmanga, jumladan AQSh agar ularni qayta olmoqchi bo'lsa, unga ham qarshi ishlatiladi, deydi Kobuldagi rahbarlar.
Afg'onistonni uch yildan beri boshqarib kelayotgan Tolibon 30-iyunda Qatarda BMT anjumanida ishtirok etib, xalqaro hamjamiyat bilan mamlakat kelajagini muhokama qiladi.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan rasman tan olinmagan Tolibon mamlakat bo’ylab barcha siyosiy partiyalar va siyosiy faoliyatni islomga zid deya e’lon qilib, taqiqlagan.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kunida BMT Tolibonni Afg'oniston xotin-qizlariga erkinlik berishga undadi. Bu kabi chaqiriq azaldan yangrab keladi, ammo toliblar pinagini buzmaydi.
AQShda asoslangan "Gallup" tadqiqot markazi olib borgan so'rov natijalariga ko'ra, aholi davlatning siyosiy-iqtisodiy ahvoli va xavfsizlik bilan bog'liq vaziyatdan norozi.
"Afg'oniston global tizim va institutlarga qayta kirishi uchun boshqaruvda ayollar ham bo'lishi va ular jamiyatda va siyosatda faol qatnashishi shart".