Qirg'izistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi. Mamlakat janubidagi o'zbeklar hayotini tahlil qilib keladi.
Qirg’iziston hukumati O’zbekiston bilan iqtisodiy, ilmiy-texnik va gumanitar hamkorlik dasturining loyihasini tasdiqladi. Reja 2018 - 2021 yillarga mo’ljallangan
Deputat Nodirbek Karimov deydiki, ushbu maskanda ta’magirlik, poraxo’rlik hollari ko’paygan. Bo’lar-bo’lmas sabablar ro’kach qilinib, odamlar soatlab turib qolmoqda.
Qirg’izistonlik ijodkor o’tgan yili "Yevrosiyo xalqlari assambleyasi" va "Rossiya Federatsiyasi xalqlari assambleyasi"ning kumush medaliga sazovor bo’ldi.
O’tgan yilni sarhisob qilar ekan, Qirg’iziston ahli qanday voqea va jarayonlarni yodga olmoqda?
Hozir Qirg’izistonda o'zbek tilida beshta gazeta faoliyat yuritmoqda. Davlat tasarrufidagi ikki viloyat va bir tuman ro’znomasi safiga yaqinda ikki mustaqil nashr qo’shildi.
Yer kurrasi aholisining 13 foizi aynan tog’li hududlarda istiqomat qilayotgani ma’lum. Tog’lar - bu noyob osimlik va hayvonot dunyosi, toza ichimlik suvi manbai.
Tashrif arafasida rasmiy Bishkek ayrim bahsli masalalarni hal qilish yo’lida qarorlar qabul qildi. Jumladan, Issiqko’l sohilida joylashgan to’rt oromgoh O’zbekiston tasarrufiga qaytarildi.
AQSh Quddusni Isroil poytaxti deb tan oldi. Tarixchi Begijon Ahmedov deydiki, Donald Trampning qarori ziddiyatni tinch yo’l bilan bartaraf etish harakatlarga jiddiy zarba bo’ldi.
Trampning Quddus shahrini Isroil davlatining poytaxti sifatida tan olishi Markaziy Osiyo ziyolilari orasida munozaralarga sabab bo’lmoqda.
Vladimir Putin bilan uchrashuv paytida qirg’iz yurtboshisi "biz uchun Rossiya - hamkorlikning bosh yo’nalishi", deya ta’kidladi.
Hozirga har bir mustaqil respublikada tashkiliy, huquqiy, amaliy jihatlarda, qolaversa, erkinlik masalalarida diniy soha qay yo'nalishlarda birlashishi, umumiy til topishi mumkin?
Andijondan Xitoy chegarasigacha masofa 285 chaqirimdan iborat bo’lib, yuk egalari ham vaqtdan, ham yo’lkiradan yutadi.
Xotira tadbirlari davomida Alisher Soipovning uy-muzeyi ochildi. Ushbu manzil aynan onaizor va jurnalist ukalarining g’ayrat-shijoati mahsuli.
Qirg’izistonning O’sh shahrida jonkuyar jurnalist Alisher Soipovni xotirlash tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Alisherning yaqin do’sti, maslakdoshi Davron Nasipxonovni suhbatga chorladik.
Qirg’izistonda bo’lib o’tgan prezident saylovlarida 58 yoshli sobiq bosh vazir, hokimiyatdagi Sotsial-demokratlar partiyasining vakili Sooronbay Jeenbekov g'olib chiqdi.
Qirg’izistonda saylovoldi kampaniyalari yakunlandi. 15-oktabr, yakshanba kuni o’lka mamlakat prezidentini saylaydi.
Qirg’izistonning O’sh shahrida ochilgan “Nur” teleradiokompaniyasi qirg’iz, rus hamda o’zbek tillarida ko’rsatuvlar olib boradi.
Ko'proq...