Tojikistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi. Uzoq yillik tajribaga ega jurnalist. O'zbek aholi hayotini tahlil qilib keladi.
Fors-dariy tilidagi kanal ustida Eron, Afg'oniston va Tojikiston rahbarlari kelishib bo'lgan, lekin u qachon ishga tushishi mavhum.
Vaziyat Rossiya matbuotida yoritilayotganidek dahshatli emas, urush bo'lmayapti, hech kim separatistlik qilmayapti, deydi fuqarolar.
Та’qibga uchragan ijodkorning nufuzli mukofot bilan taqdirlanishini mahalliy tahlilchilar haqiqat uchun kurashish natijasi deb hisoblaydi.
Bu yerda ingliz tilini mukammal biluvchi mahalliy yosh ziyolilar ishlaydi; til o’rgatish loyihalarini volontyorlar bajaradi.
Dushanbe, Xo’jand, Xorug’, Ko’lob va Qo’rg’ontepada “Amerika burchaklari” 10 yildan oshibdiki, bilim ulashadi.
Xo'jand ko'cha va bozorlaridagi manzara... Bugungi hayot, tirikchilik tashvishlari.... Ushbu suratlarni jamoatchi muxbirimiz Ravshan Shams olgan.
Xo’janddagi demokratlardan birining aytishicha, maqsad aslida o’sha-o’sha - rus harbiylarining Tojikistonda uzoq qolishiga poydevor qo’yish.
Yo’llar ochilgan, uyali va oddiy telefon aloqa tiklangan. Internetga qo’yilgan taqiqlar ham bekor qiilngan.
Respublikada o’zbek tilida 10 ga yaqin gazeta-jurnal chiqadi. Davlat byudjetidan qoplanadigan ikki gazetadan boshqa barchasi qiyin ahvolda.
"Xavfsizlik xizmati rahbarini o'ldirganlar, jumladan, sobiq jangari Tolib Ayombekov taslim bo'lsin".
Tojikistonda arab imlosini joriy etish kerak deb bong urayotganlar ko'p. Ammo Maorif vaziri Nuriddin Saidov fikricha hali erta.
Kongressmen Den Burton kecha Tojikiston davlat telekanallariga bergan intervyusida respublikani Markaziy Osiyo yuragi deb ta’riflagan.
Misrda endigina qasamyod keltirib, vazifasiga rasman kirishgan prezident Muhammad Mursiy dunyoviy tuzum va fuqarolik jamiyatini qurishga va’da bermoqda.
Rossiya Tojikistondagi harbiy bazadan yana 49 yil foydalanish borasida muzokara olib bormoqda.
Tojikistonda Milliy birlik kuni, fuqorolar urushiga yakun yasagan bitimga imzo chekilgan tarixiy sana, har yili keng nishonlanadi. Bu kun hukumat qarori bilan Vahdat - Milliy birlik kuni deb e’lon qilingan. Dam olish kuni. Bayram o'z yo'liga, deydi ayrim ziyolilar, rahbariyat yillar o'tar ekan mazkur bitim qoidalarini buzgan va hozir mamlakatda siyosiy birlik haqida gapirib bo’lmaydi. Oddiy xalq uchun esa eng muhimi tinchlik... Bayram bu safar ham ko’ngilxushlik bilan o’tdi. Ommaning siyosat va hukumat bilan ishi yo’qdek. Oila omon, farzandlarning qorni to’q, usti but bo’lsa yetarli.
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar harbiy o’quv mashg’ulotlarida O'zbekiston kuchlari nafaqat ishtirok etmadi, balki Qozog'iston harbiy texnikasining o'z yeridan Tojikiston mashq maydoniga o'tib olishiga ruxsat ham bermadi. Mashqlar davomida besh davlat harbiylari tog'oldi maydonlarida yirik terroristik kuchlar to'dasini yo'qotish, harbiy obyektlarni yong'indan saqlash va o'chirish, harbiy havo kuchlari va piyoda qo'shinlarning mushtarak operasiyalarini bajarishdi. Xitoy bronetank qo'shinlari, Tojikiston piyoda qo'shinlari, Qozog'iston va Qirg'iziston desantchilari Rossiya harbiy havo kuchlari yordamida to'goldi daralarida shartli terroristik to'dalarni yo'qotish vazifasini a’lo darajada bajarishdi. Mahalliy ekspertlarga ko’ra, regionda bunday mashqlarni to’g’li joylarda emas, aholi punktlarida o’tkazish rejasi ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki, deyishadi ular, tog’ hududlarida harbiy texnikani ishlatish taktikasi oldindan ishlab chiqilgan va harbiylar qishloq yoki shaharlarda jang olib borish tajribasiga ega emaslar.
Yaqin Sharqda davom etayotgan siyosiy jarayonlar Markaziy Osiyo matbuotida to’liq yoritilmaydi, xususan Tojikiston ommaviy axborot vositalarida.
O’zbeklarning laqay, kenagas, mang’it va qipchoq singari katta urug’lari Tojikistonda alohida millat sifatida ro’yxatga olina boshlagan.
Keyingi yillarda o’zbeklarning laqay, kenagas, mang’it va qipchoq singari katta urug’lari Tojikistonda alohida millat sifatida ro’yxatga olina boshladi. Bu rasmiylarning oriylik da’vosidagi milliy siyosatiga uyg’un ehtimol.
Tutzorlar tap-taqir. Qurtchilar hosilni sarhisob qilmoqda. Bu yil qancha pilla tushgani noma'lum, lekin mehnatkashlar umidga to'la.
Ko'proq...