Shohruh Hamro O'zbekiston va Amerika oliygohlarida ta'lim olgan. 10 yildan oshiq davrdan beri Vashingtondan turib, xalqaro masalalarni yoritib keladi. Diktor, prodyuser va muxbir.
Ummondagi olis bir cho’lda dunyoning 25 davlatidan yuzlab astronavt va olimlar Marsda yashashni mashq qilishmoqda. Eksperiment bir kun kelib qizil sayyoraga sayohat qilishda qo’l keladi.
Merilend shtatida bir guruh ayollar bir loyiha boshlagan. Uysizlar uchun gilamchalar to’qib berishadi. Loyihaning ekologiya uchun foydali jihati ham bor.
Amerikada og’riqni qoldiruvchi dorilar keng qo’llanadi. Ularni shifokordan yozdirib olish ham oson.
Shimoliy Atlantika harbiy ittifoqi, NATO, Rossiya bilan yangi qurol poygasini bartaraf etishga bel bog’lagan. Germaniyada o’tgan xalqaro konferensiyada so’zlagan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya yangi yadroviy qurollar ustida ishlayotganini G’arbga tahdid deb atadi.
Suriyada fuqarolik urushi kengayib bormoqda. Suriya va Turkiya chegarasining har ikki tomonida yaqinidan ayrilgan oilalar…
Prezident Donald Tramp AQSh immigratsiya tizimini yangilab, 21-asrga moslash lozim, demoqda. Demokratlar grin-karta lotereyasi hamda oilaviy immigratsiya dasturlarini bekor qilishga qat’iyan qarshi.
O’zini “Islomiy davlat” deb nomlagan ekstremist guruh 2015-yilda Pokiston va Afg’onistonda ham faoliyatini kuchaytirib, o’zini Daish Xuroson deya targ’ib qila boshlagan. Guruh Afg’oniston sharqida o’rnashib, a’zolarini ko’paytirgan, jumladan bolalarni yollagan.
Donald Tramp axborot vositalarini dushman deb biladi va jurnalistlarni qoralashda davom etmoqda. Ular men haqimda yolg’on ma’lumot tarqatishadi, deydi AQSh rahbari. Ashaddiy tarafdorlari matbuotga emas, Trampga ishonadi. So’z erkinligi cheklangan ayrim davlatlar ham Trampdan o’rnak olmoqda.
Nyu-Yorkning Kvins tumanida yashovchi Xusan Tursunov Amerikaga uch yil oldin kelgan. Jurnalist va adib. Vatandoshlarni birdamlikka undab keladi.
Amerikaga bolaligida olib kelinib, shu yurtda ulg’aygan hujjatsiz muhojirlar taqdiri hamon mavhum. DACA deb nomlanuvchi dastur ularni deportatsiyadan himoya qilayotgan edi, lekin Prezident Donald Tramp uni tugatishga qaror qilgan. Qonunni yangilash Kongress zimmasida.
Hazoralar - Pokistonda ozchilikni tashkil etuvchi shia jamoalardan biri. Konservativ hayot kechiradi. Odatda oilalarda erkak pul topadi, xotin uyda bolalarga qaraydi. Hazoralar sunniy jangari guruhlarning doimiy nishonida. Natijada boquvchisidan ayrilgan, yolg’iz qolgan ayollar ko’p.
“Qorong’i kunlar” tarixiy dramasi 1940-yilda Vinston Cherchil Britaniyani natsistlar Germaniyasiga qarshi kurashga chorlagani haqida hikoya qiladi. Faktlarga asoslangan siyosiy triller. Ijodkorlar bilan suhbatda bo’ldik.
“Apple” kompaniyasi uzoq kutilgan yangi mahsulotlarini ommaga taqdim etdi. Hammaning ko’zi smartfonlarda.
Prezident Donald Tramp Rossiyaga yangi elchi etib Jon Xantsmenni tanladi. Xantsmen Obama davrida Xitoyda, undan oldin esa Singapurda elchi bo’lgan. 2012-yilda prezidentlikka ham harakat qilgan.
Reks Tillerson o’tgan yili hokimiyatni ag’darish harakatiga qarshi mardona turib berdingiz, deya Turkiya xalqini maqtamoqda.
Nyu-Yorkda shu kunlarda ochilgan san’at ko’rgazmasida siz buyuk musavvir Mikelanjeloning nodir asarlarini yaqindan tomosha qilishingiz mumkin. Florensiyada 16-asrda ishlangan suratlar Vatikandan doimiy qo’nim topgan. Ularning 34 namunasi yangi Jahon Savdo Markazida namoyishda.
Donald Tramp prezidentlikka kirishganiga besh oydan oshdi. Xalq orasida uning ishini qoniqarli deb baholayotganlar 40 foiz atrofida. Yangi prezident uchun bu past raqam. Ammo Trampga ovoz berganlar undan rozi. Yaqinda Ayova shtatida prezident o’z tarafdorlari oldida so’zladi.
Rossiyaning AQSh prezidentlik saylovlariga aralashuvi yuzasidan tergov davom etmoqda. So’nggi xabarlarga ko’ra, Prezident Donald Tramp ham shaxsan tergov ostida. U adolatni to’sishga uringani da’vo qilinmoqda. Davlat rahbarining advokatlari bu xabarlarni inkor etyapti.
Oq uy Kongressga 2018-yil uchun byudjet loyihasini taqdim etgan. Muhokama qizib bormoqda. Prezident Donald Tramp harbiy xarajatlarni oshirmoqchi. Boshqa ko’plab sohalar uchun esa mablag’ni kamaytirmoqchi. Muxolifat, demokratlar, prezident chuchvarani xom sanayapti, deya javob qilmoqda.
Mandela Vashington Stipendiyasi deb nomlangan dasturga 2014-yilda asos solingan. Afrikadan ilg’or yoshlar Amerikaga kelib bilim oladi, malaka oshiradi. YALI degan yangi bir loyiha esa AQSh yoshlarini Afrikaga olib boradi.
Ko'proq...