Jurnalistni himoya qilish kimning bo'ynida? Journalists' security
Jurnalistning ishi ma'lumot to'plash ekan, har qanday sharoit va vaziyatda bu vazifani ado etishga tayyor turishi kerak. Texnologiya taraqqiy etishi bilan bu kasb egalari uchun ko'plab imkoniyatlar paydo bo'ldi, shu bilan birga, to'siqlar ham. Axborot vositalari uchun internet muhim bir platformaga aylanar ekan, ko'plab tashkilotlar yangi xarajatlarni qoplash uchun chet eldagi muxbirlari sonini kamaytirdi. Turli poytaxtlardagi doimiy korrespondentlar o'rnini shtatsiz hamkorlar, stringerlar egalladi. Ular ham jurnalistlar, ammo ish beruvchi vaqtincha yollangan bu mutaxassislarga ko'p imtiyoz bermaydi va zarur bo'lganida ularni himoya qila olmaydi. Faqat material uchun haq to'lanadi, xolos. Nyu-Yorkda asoslangan Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi axborot vositalarini barcha jurnalistlarga birdek g'amxo'rlik qilishga undamoqda.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Iyul 21, 2025
Amerika Manzaralari
-
Iyul 14, 2025
Amerika Manzaralari
-
Iyul 07, 2025
Amerika Manzaralari
-
Iyun 30, 2025
Amerika Manzaralari
-
Iyun 23, 2025
Amerika Manzaralari
-
Iyun 16, 2025
Amerika Manzaralari