“Amparo” nodavlat tashkiloti yetti yildan beri Tojikistonda omma, ayniqsa yoshlar huquqiy bilimini oshirish borasida faoliyat olib boradi. Yaqinda bu muassasa yopilsin degan buyruq chiqdi. Sabab, deydi "Amparo" xodimlari, "ishimizning hukumatga yoqmagani". Tashkilotga “Amparo” nomi bejiz tanlanmagan bo’lib, ispan tilida bu - himoyachi, ko’mak, sarpanoh singari ma’nolarni beradi. Amerika yuristlar uyushmasi programmasi asosida bilim olgan eng faol huquqshunoslar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Amparo” fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarini himoya etish hamda mamlakatda demokratik va huquqiy davlat qurish asoslarini mustahkamlash yo’lida harakat qilib keldi. Yosh huquqshunoslar o’zlari asos solgan nodavlat tashkilotining majburiy ravishda sud qarori bilan barham berilishiga xalqaro yuridik tamoyillar asosida baho berilishi va adolat tiklanishi uchun kurash boshlagan.
Huquq tashkiloti hukumat bilan kurashmoqda, Tojikiston

17
Yetimlar uchun o'tkazilgan "Orzular gullaydi" deb nomlangan tadbirda yosh huquqshunoslar go'daklarga yangi yil oldidan sovg'a hozirlashmoqda.

18
Yetim va mayib bolalar uchun yangi yil tadbiri o'tkazish va sovg'alar ulashish Amparo o'tkazayotgan xayriya ishlaridan biridir. Amparo faoli etimxonada Qorbobo bo'lib sovg'a ulashmoqda.

19
Bahorgi harbiy chaqiriq, yoshlarni harbiy xizmatga kuzatishmoqda.

20
Amparoning resurs Markazi kutubxonasida hozir ham qiziquvchialrni uchratish mumkin.