“Amparo” nodavlat tashkiloti yetti yildan beri Tojikistonda omma, ayniqsa yoshlar huquqiy bilimini oshirish borasida faoliyat olib boradi. Yaqinda bu muassasa yopilsin degan buyruq chiqdi. Sabab, deydi "Amparo" xodimlari, "ishimizning hukumatga yoqmagani". Tashkilotga “Amparo” nomi bejiz tanlanmagan bo’lib, ispan tilida bu - himoyachi, ko’mak, sarpanoh singari ma’nolarni beradi. Amerika yuristlar uyushmasi programmasi asosida bilim olgan eng faol huquqshunoslar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Amparo” fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarini himoya etish hamda mamlakatda demokratik va huquqiy davlat qurish asoslarini mustahkamlash yo’lida harakat qilib keldi. Yosh huquqshunoslar o’zlari asos solgan nodavlat tashkilotining majburiy ravishda sud qarori bilan barham berilishiga xalqaro yuridik tamoyillar asosida baho berilishi va adolat tiklanishi uchun kurash boshlagan.
Huquq tashkiloti hukumat bilan kurashmoqda, Tojikiston

21
Amparochilar shahar ko'chlarida vaqt vaqti bilan huquqiy informasion aksiyalr o'tkazib, yoshlarga turli xil varaqalar tarqatishadi.

22
Amparo tashkil etgan tadbirda Tojikiston hukumatiga muxollif demokratik partiya Sug'd viloyat bo'limi raisi Fayzullo Fayziev o'z noroziligini bildirmoqda.

23
Amparo raisi, yosh huquqshunos Dilrabo Samadova So'g'd viloyat o'zbeklar ma'naviyat va ma'rifat markazi uchun huquqiy kitoblar ajratdi.

24
Amparo poytaxt Dushanbeda respublika qonunchiligi mavzusida mana shunday katta tadbir o'tkazdiki, unda obro'li xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etishdi.