Ukraina armiyasida o'lganlar 100 mingdan oshdimi?
Ukraina armiyasida yo‘qotishlar 100 mingdan oshgan bo'lishi mumkin. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyan keltirgan, ammo Ukraina e’tirozlari ortidan tahrir qilingan bu raqam frontdagi haqiqiy vaziyatni qanchalik aks ettirishi noma’lum. “Ukraina armiyasi yo’qotishlari yopiq ma’lumotlar sirasiga kiradi. Shu bilan bir qatorda, agar Yevrokomissar tomonidan keltirilgan raqamlar ukrainlar genotsidini amalga oshirgan agressor davlatni javobgarlikka tortishga ko’maklashsa, biz buni quvvatlaymiz ”, - deb izohladi Ukraina Mudofaa vazirligi rasmiysi Bogdan Senik. Ukraina armiyasi 2014-yilda Qrim Rossiya tomonidan ishg’ol qilinishi ortidan boshlangan ziddiyatdan buyon qurbonlar berib keladi. Kiyevdagi xotira devori sakkiz yildan beri Rossiya bilan ziddiyatda halok bo’lganlar suratlariga to’lgan. Bu xotira devorida 24-fevraldan boshlangan Rossiya-Ukraina urush qurbonlari rasman joylashtirilmagan. Ammo ayrim kiyevliklar bu ishni qilmoqda.
Siz uchun
-
Sentabr 01, 2025
Amerika Manzaralari
-
Avgust 25, 2025
Amerika Manzaralari
-
Avgust 18, 2025
Amerika Manzaralari
-
Avgust 11, 2025
Amerika Manzaralari
-
Avgust 04, 2025
Amerika Manzaralari
-
Iyul 28, 2025
Amerika Manzaralari
Facebook Forum