Breaking News

Tehron AQSh bilan tor yadroviy muzokaraga tayyor


Tehron, Eron, 8-fevral, 2023
Tehron, Eron, 8-fevral, 2023

Prezident Tramp Tehronni yadroviy maqsadlar haqida gaplashishga undagan. Eron murosaga bormasa, Tramp "maksimum bosim" o'tkazishga shay.

Eronning BMTdagi vakolatxonasiga ko'ra, Tehron Amerika bilan cheklangan tarzdagi muzokaraga tayyor. Ya'ni, deydi rasmiylar, gap agar faqat bu davlatning atom dasturi va bu boradagi xavotirlar haqida kechsa.

Islomiy tuzum Vashingtonni unga asossiz bosimda ayblab keladi. Eron yillardan beri AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida.

Tehron zimdan yadroviy qurollar yasash bilan band, degan iddaolarni bu hukumat azaldan inkor etadi. BMTdagi diplomatlar bu masalani AQShning yangi ma'muriyati bilan muhokama qilishdan qochmasligini bildirgan.

Biroq, deyiladi bayonotda,"tinchlikni ko'zlovchi dasturimizni tugatish talabi qo'yiladigan bo'lsa, hech qanday muzokara bo'lmaydi".

Tehron shu tariqa Tramp ma'muriyatining biror shartini eshitishni xohlamasligini ta'kidlamoqda. Mudofaa, harbiy salohiyat va tashqi siyosat borasida islomiy respublikaga hech kim aql o'rgata olmaydi, degan bu davlat oliy peshvosi Oyatulla Hominiy.

Prezident Donald Tramp yaqinda Tehronga xat yo'llab, uni yadroviy maqsadlar yuzasidan gaplashishga undagan.

Tehron, 7-fevral, 2025
Tehron, 7-fevral, 2025

Tramp Eron murosaga bormasa, unga "maksimum bosim" o'tkazishga tayyor ekanini aytgan. Oq uydagi birinchi muddatida u Tehronni yanayam yakkalab, iqtsodiy sanksiyalarni kuchaytirgan, neft eksportini deyarli nolga tushirishga uringan.

Barak Obama prezidentligida 2015-yilda Eron bilan erishilgan kelishuvni Tramp 2018-yilda bekor qilgan. Bu kelishuvga ko'ra, Tehron atom dasturini cheklab, buning evaziga iqtisodiy yordam olishi mumkin edi.

Hujjat chetga uloqtirilgach, islomiy respublika dasturni kengaytirgan.

BMTga ko'ra, vaziyat yanayam murakkablashmasligi uchun muzokara qilish kerak. Eron uranni boyitishda davom etmoqda, boyitilgan uran esa atom bombasi yaratish uchun zarur.

Tehron yadroviy programma tinchlikni ko'zlaydi, deya bong urib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG