Ukrainaning Slavyansk shahrida xavfsizlik kuchlari va rossiyaparast isyonchilar o'rtasida otishmalar davom etmoqda. Tailandda zilzila ro'y berdi. Xitoyda yana pichoq bilan chavaqlash hodisasi sodir bo'lgan. Shu kabi kunning muhim voqealari suratlarda aks etgan.
Kunning muhim suratlari

1
Odessada o'ldirilgan Ukraina birdamligi tarafdori, yosh faol Andrey Biryukovning dafn marosimidan, 6-may, 2014-yil.

2
Rossiyaparast kuchlar hanuz Slavyansk shahri markazini nazorat qilib turibdi, 6-may, 2014-yil.

3
Rossiyaparast qurollangan kuchlar Slavyansk shahridagi yo'llardan biriga qo'yilgan nazorat punktida. So'nggi kunlardagi otishmalarda 30 dan ortiq odam halok bo'lgan, 6-may, 2014-yil.

4
Tailand Bosh vaziri Yinglak Shinavatra Bangkokdagi Konstitutsiyaviy sudga kirib kelmoqda. O'z vazifasini suiiste'mol qilganlikda ayblanayotgan hukumat rahbarining ishi bo'yicha ertaga sud hukmi chiqishi kutilyapti, 6-may, 2014-yil.