Afg'onistondagi jamoatchi muxbir. Olti millionga yaqin o'zbek yashaydigan mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yoritadi.
Kurash Afg’onistonda o’z muxlislariga ega. Sportning bu turi, asosan, qishloqlarda keng tarqalgan. Mana ikki kundirki, mamlakat shimolidagi Shibirg’on shahrida kurash bellashuvi o’tkazilmoqda.
Koronavirus tufayli millionlab dollar yordam berilganiga qaramasdan Afg’onistonda COVID-19 ni aniqlovchi tashxis markazlari ko’p emas.
Afg’onistonda COVID-19 ni aniqlovchi tashxis markazlari ko’p emas. Qish mavsumida virus avj olishi aytilgan edi, biroq rasmiylar koronavirusga chalinish holatlari kamayganini aytadi. Shibirg’on va Andhuydagi laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdik.
Afg'oniston, Turkmaniston va O’zbekiston orasida bir necha qo’shma yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Yirik iqtisodiy loyihalaridan biri Oqina-Andhuy temir yo’llari qurilishidir.
Prezident Muhammad Ashraf G’ani 2014-yilda Afg’oniston prezidenti sifatida ish boshlaganidan buyon Markaziy Osiyo davlari bilan hamkorlikka katta e’tibor qaratib keladi. Turkmaniston va O’zbekiston bilan bir necha qo’shma yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
“Poytaxt Kobul va boshqa viloyatlarda jang shiddat bilan davom etmoqda. Har kuni oddiy odamlar halok bo’lmoqda. Shunga asosan aytish mumkinku, toliblarda jiddiy iroda mavjud emas”,- deydi Afg’oniston Qonunchilik palatasining a’zosi Shafiqa Saxo.
Afg’oniston tinchlik muzokaralarining ikkinchi bosqichi 5-yanvar kuni boshlanadi. Mamlakatning Qonunchilik palatasi a’zosi Shafiqa Saxo “Amerika Ovozi” bilan suhbatda muzokaralarning ikkinchi davri samara berishidan umidvor ekanini aytadi.
“Ahvolimiz yomon, kechalarni shu chodirda o’tkazamiz. Ertalabgacha yig’lab chiqamiz. Yegudek, ichgudek hech narsamiz yo’q”, - deydi Juzjon viloyatidagi qochqinlardan biri.
Juzjon viloyatining Shibirg’on shahriga qochib kelgan Faryoblik 28 oilaga “Mehr” tashkiloti tomonidan chodir, yoqilg’i, oziq-ovqat ulashildi. “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan urush jabrdiydalari juda og’ir ahvolda kun kechirayotganini aytadi.
Qochqinlar, asosan, Faryob viloyatining Almor, Qaysor, Xo’jasabzpo’sh, Jumabozor tumanlaridan. Juzjonda juda og’ir ahvoldagi 36 oilaga kiyim-kechak, oshxona qurollari va naqd pul ulashildi.
Afg’oniston Milliy birdamlik oliy kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Prezident Muhammad Ashraf G’ani tinchlikka erishish bo'yicha sa’y-harakatlar natija berayotganidan mamnun. “Jangni qayta boshlash qiyin emas, lekin sulhni boshlash jasorat talab qiladi”, - deydi u.
Afg’oniston prezidenti mamlakatning ichki masalalariga aralashayotgani iddao qilinayotgan Pokiston va Eron bilan jiddiy muzokaralar olib borilishini ta’kidladi.
Jo Bayden AQShning navbatdagi prezidenti etib saylanishi Afg’onistonda iliq kutib olinmoqda. Prezident Muhammad Ashraf G’ani uni saylov g’alabasi bilan tabrikladi.
Qatarda tinchlik muzokaralari davom etayotganiga qaramay, Tolibon guruhi va afg’on qurolli kuchlari o’rtasida og’ir to’qnashuvlar davom etmoqda.
Hilmand, Qunduz, Taxor, Zobul kabi viloyatlarda ro’y bergan otishmalarda o’nlab harbiylar o’lgan yoki yaralangan. Hukumat rasmiylari toliblarga og’ir zarbalar berilganini iddao qilmoqda. Bu orada tinchlik muzokaralari ham davom etmoqda. AQSh shartlarni eslatib turibdi.
21-oktabr Afg’onistonda ham milliy o’zbek tili kuni deya qayd qilingan. Bu kun bayram sifatida prezident saroyida nishonlangan.
Nutqini o’zbek tilida boshlagan Prezident Ashraf G’ani o’zbek tili Afg’onistonning tarixiy qadriyatlaridan bo’lganini ta’kidladi. “O’zbek tili bu mamlakatning qimmatli ganjlaridan biridir. Bu tilning rivojlanishi va ravnaqi uchun kerakli fursatlarni yaratishga sodiqman”,- deydi Afg'oniston rahbari.
2019-yil O’zbekistonda o’zbek tili yo’nalishini bitirgan afg’onistonlik yoshlarning vatandan qaytganidan bir yarim yil o’tib, ularning diplomi hali ham Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tan olinmayapti.
12-sentabrda boshlangan Afg’oniston tinchlik muzokaralariga umid bog'laganlar talay, ammo ayrimlar nazarida Tolibonni hukumatga taklif qilish mamlakatdagi yosh demokratiyaga zarar yetkazadi. Xotin-qizlar esa inson huquqlari muzokaralar qurboniga aylanad, deya tashvishda.
Ko'proq...