Tojikistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi. Uzoq yillik tajribaga ega jurnalist. O'zbek aholi hayotini tahlil qilib keladi.
Mahallalarda sumalak uchun dosh qozonlar ilgarigidek ko’p emas. Odamlarning katta dasturxon yozishga qurbi yetmaydi.
Markaziy Osiyoa ko'klam... Keksalar aytganidek, “ilik uzildi” davrida shifobaxsh giyohlardan tandirda ko’k somsa yopish qadimdan qolgan odat.
Bahorda shifobaxsh giyohlardan tandirda ko’k somsa yopish qadim odat. Momolarning aytishicha, erta ko’klamdan behi gulini to’kib bo’lguncha (bu 30 kuncha davom etadi) ming dardga shifo mahalliy dorivor giyohlar – yalpiz, qoqi o’t, otquloq, ko’zchumchuq, jag’-jag’, zubturum, matinj, sassiqkavarak singari o’tlardan tayorlangan ko’k somsa, chuchvara singari taomlar uzoq qishdan so’ng horigan inson taniga quvvat beradi, qonni yangilaydi. Muxbirimiz Ravshan Shams Xo'janddan yo'llagan suratlar...
8-mart kuni yoqqan kutilmagan qor Tojikistonda dehqondan tortib savdogargacha – hammani shoshirib qo’ydi.
Butun Markaziy Osiyoda kuzatilganidek, Tojikistonda ham qishning so’nggi kunlari bahor erta kelganday, ko’klam nafasi ufurib dehqon etagiga shamol urgandek edi go’yo. Ammo 8-mart kechasi bilan yo’g’ib chiqqan qor erta tonggacha butun mintaqani oppoq to’shakka burkadi. Uyidagi sandali va pechkalarini buzib qo’yganlar yana qayta issiq tanchalar o’rnatdi, chorva uchun ko’klamgi yaylovga yetdik deganlar yana xashak va yem bozoriga otlandi. Ta’mirtalab eski ko’chalar loy va suv halaqali bilan to’ldi. Izg’irin bo’lsa-da, tashqarida hayot davom etmoqda. Hamma ro’zg’or tashvishlari bilan band.
Tojikiston tashkilotning 159-a'zosiga aylandi. Respublikaga investitsiyalar va yangi texnologiyalar kirishi uchun keng yo’l ochildi, deydi rasmiylar.
Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mazesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan.
Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Shu yilning noyabrida prezident poygalari o'tadi va chetdagi muxolif guruhlar orasida umidvorlar yo'q emas.
AQSh diplomatining aytishicha, Qo’shma Shtatlar o’z qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqar ekan, Tojikiston orqali o’tish niyati yo’q.
“Amparo” nodavlat tashkiloti yetti yildan beri Tojikistonda omma, ayniqsa yoshlar huquqiy bilimini oshirish borasida faoliyat olib boradi.
“Amparo” nodavlat tashkiloti yetti yildan beri Tojikistonda omma, ayniqsa yoshlar huquqiy bilimini oshirish borasida faoliyat olib boradi. Yaqinda bu muassasa yopilsin degan buyruq chiqdi. Sabab, deydi "Amparo" xodimlari, "ishimizning hukumatga yoqmagani". Tashkilotga “Amparo” nomi bejiz tanlanmagan bo’lib, ispan tilida bu - himoyachi, ko’mak, sarpanoh singari ma’nolarni beradi. Amerika yuristlar uyushmasi programmasi asosida bilim olgan eng faol huquqshunoslar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Amparo” fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarini himoya etish hamda mamlakatda demokratik va huquqiy davlat qurish asoslarini mustahkamlash yo’lida harakat qilib keldi. Yosh huquqshunoslar o’zlari asos solgan nodavlat tashkilotining majburiy ravishda sud qarori bilan barham berilishiga xalqaro yuridik tamoyillar asosida baho berilishi va adolat tiklanishi uchun kurash boshlagan.
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish bilan shug'ullangan "Amparo" tashkilotini yopish haqidagi qaror o'z kuchida qoldi.
"Rossiyadan deyarli har kuni kelayotgan tobutlarni kim gapiradi? Sovuqda tunlari chiroqsiz qolganlarni-chi?"
Tojikistonda bir qator ijtimoiy internet tarmoqlari to'sib qo'yilgani haqida xabar paydo bo'lgach, hukumat cheklovlarni yana ko'targani haqida ma'lum qildi. Tojikistonliklar masalaga o'z munosabatini bildiradi.
Tojikistonda qish aholi uchun sinov. Chiroqsizlik uzoq sovuq tunlar ko’pchilkning joniga tekkan. Asrlardan beri odamlar joniga oziq bo’lib kelayotgan chorva tezagi asosiy isitish manbai. Qishloq joylarida sutkasiga atigi 4-5 soatdan elektr toki beriladi xolos. Holbuki, hukumat qaroriga ko’ra, elektr energiyasi uchun limit nohiyalarga sutkasiga 14 soatdan deb belgilab qo’yilgan. Tojikistonda yirik tabiiy ko’mir konlari bo’lsada, ulardan foydalanish juda orqada qolgan. Konlar tog’larda joylashgan va ulardan foydalanish juda mushkul. Ilgari qish uchun aholi tonnalab ko’mir olgan bo’lsa, hozir uni qoplab va kilogrammlab olish odat tusiga kirgan. Uning bir qopi 15 dollar atrofida. Shahar aholisi uchun umumiy isitish tizimi ertakka aylanib qolganiga ancha yillar bo’lgan.
“Obama Amerika manfaatlarini Romni singari kuch bilan emas, pragmatik qarashlarga asoslangan puxta siyosat bilan ilgari surish tarafdori".
Tojikistonning Zarafshon vodiysi nafaqat o’zining go’zal tabiati, sho’shqin daryosi, uzoq tarixi va qadimiy obidalari balki shoirtabiat insonlari bilan ham ardoqlidir.
Tojikistonning Zarafshon vohasi nafaqat go’zal tabiati, sho’shqin daryosi, uzoq tarixi balki shoirtabiat insonlari bilan ham ardoqlidir. O’zbekning barlos, tuyoqli, laqay, ming urug’lari hali ham bu hududda o’z qadr-qiymatlarini saqlab kelmoqda. Panjakent nohiyasining Sho’rnova, Yamonqiya, Chinor, So’jina, Toshmunor, Sarazm singari qadim qishloqlarida asosan o’zbeklar yashaydi. Bu zaminda Abu Abdulloh Ro’dakiy, Loyiq Sherali, Kamol Nasrulloh, Sherali Sokin, Sorbon singari ulug' adiblar tug’ilib o’sgan. Hozir ham jamoatchilik chaqmoq singari yashnayotgan ijodkorlarni hurmat bilan qarshilaydi. She’rxonlik kechalari doimiy hol. Ushbu suratlar shu tadbirlarni aks ettiradi.
Rossiya rahbari Vladimir Putin Dushanbega safar qilar ekan, ommani qiziqtirgan asosiy masala - mehnat muhojirlari taqdiri.
Ko'proq...