Tojikistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi. Uzoq yillik tajribaga ega jurnalist. O'zbek aholi hayotini tahlil qilib keladi.
"Rossiyaga tojikistonliklar o’ladimi, qoladimi, farqi yo’q. Faqatgina manfaatlari amalga oshsa bo’ldi", - deydi suhbatdoshlardan biri.
"Yangi davlatlar tarixda faqat urushlaru qon to’kishlar orqali tuzilgan, tashvishimiz o’zimizga yetarli”, - deydi mahalliy ziyolilar.
Tojikistonda ba'zi qochqinlar tijorat bilan band, boshqalar biri ikki bo'lganidan shikoya qiladi. Qochoq maqomi bilan uy olish ham mushkul.
Tojikistonda har yili maktabni bitirayotgan minglab qiz-o’g’illar ishsizlik sabab bekor qolishadi. Bu jinoyatning oshishiga sabab bo’lmoqda.
Tojikistondagi taniqli jurnalistlar Zafar Abdulloyev va Gulnora Amirshoyevalar tashabbusi bilan respublika poytaxti Dushanbedan shimoldagi Xo'jand shahriga “Birdamlik yo’li” nomi bilan avtomarafon tashkil etildi. Unda turli regionlardan 130 kishi o'zlarining 30 yengil mashinalarida ishtirok etdi.
Tojikiston yoshlari orasida "Facebook" singari ijtimoiy tarmoqlar do’stlik, ahillik va birdamlik yo'lida xizmat qilmoqda.
Ba’zilar rahbar Bashar al-Assad ketishi kerak desa, ayrimlar rasmiy Damashqni qo’llaydi.
Ayrim faollar bosim kuchayganini ta'kidlasa, boshqalar xolis poygalar uchun sharoit bor, deydi.
Tojikistonda 2 millondan ortiq o’zbek istiqomat qiladi. Ular O’zbekistondagi adabiy san’at muhitidan ajralib qolgan.
Tojikistonda norasmiy ma’lumotlarga qaraganda 2 millondan ortiq o’zbek istiqomat qiladi. Mustaqillikdan so’ng ular O’zbekistondagi katta adabiy san’at muhitidan ajralib qolgan, lekin bu ramziy... Taniqli o'zbek san’atkorlari Tojikistonda ijodiy safarlarda bo’ladi. Radio-televideniye ham o’rtadagi bo’shliqni to’ldirib kelmoqda.
Amaldagi rahbar poygada ishtirok etishini bildirmagan, jarayon demokratik o’tishini kafolatlayman, degan. Ammo...
Mehnat muhojirlarining aytishicha, Rossiya politsiyasi va migratsiya xizmati ularni odam o’rnida ko’rishmaydi, “chyorniy” deb atashadi.
Tojikistonda prezident sayloviga olti oy qolgan bo’lsa-da, Rahmon unda qatnashishi haqida rasman aytganicha yo’q.
Sovet davrini nozik iboralarda tasvirlab tanilgan Ismat Rahimiy vafotiga 40 yil bo'ldi. Ona qishlog'i va elatdoshlari uni xotirlamoqda.
Sho’rolar davrida Tojikiston o’zbek ziyolilari orasida zamon va muhit makonida ilgarilab ketgan ijodkorlar ancha bo’lgan. Shulardan biri, shimoliy Tojikiston Konibodom nohiyasining Sho’rqo’rg’on qishlog’ida tug’ilib, kollektivlashtirish davrida Andijonning Butaqora qishlog’idagi kolxoz yoshlar maktabida ta’lim olgan Ismat Rahimiy... 1941-yil kuzida frontga jo’natilgan shoir va dramaturg. Ma’rifatparvar o’qituvchi ikkinchi jahon urushi yillarida ham ijodini to’xtatmadi. Abid 1973-yilda hayotdan ko'm yumgan, ammo u qoldirgan bebaho meros tillarda va dillarda.
Tojik faollari Suriyada bo'layotgan voqealarga befarq emas. Ular bu haqdagi ma'lumotlarni, asosan, Rossiya ommaviy axborot vositalaridan olmoqda.
Amerikaning Tojikistondagi elchisi Syuzan Elliot Sug'd viloyatida bo'lib, mahalliy ziyolilar va talabalar bilan gaplashdi.
AQShning Tojikistondagi elchisi Syuzan Elliot ko’hna Xo'jandda bo’lib, o’lka obidalari, mahalliy aholi udumlari va qiziqqon yoshlar bilan tanishdi. Diplomat viloyat va shahar rahbarlari, ziyolilar va hunarmandlar bilan uchrashdi. Rasmiy va norasmiy muloqotlarda Amerika va Tojikiston orasidagi aloqalar borasida so’z bordi.
Tojikistonning Xatlon viloyati O‘zbeklar jamiyati raisi Salim Shamsiddinov shu yilning 15-martida g'oyib bo'lgan edi.
Tojikiston shahar va qishloqlarida Navro’z tantanalari o'tmoqda. Respublikada odatda asosan shaharlarda rahbarlar ko’zi uchun bayram tadbirlari o’tkazilar edi. Bu yilgi Navro’z sayllari esa ko'proq nohiya va qishloqlarda ko'zga tashlanadi. Mahallalarda sumalak uchun dosh qozonlar ilgarigidek ko’p emas. Odamlarning katta dasturxon yozishga qurbi yetmaydi. Ammo bayram – bayramda, Navro’zni nishonlamay bo’ladimi, oz bo’lsada sumalaklar qilinayapti, shifobaxsh giyohlardan turfa pishiriqlar tayyorlanmoqda. Tog’liklarning qurutobi, ipdek ingichka kesilgan ugrasi va vohadagi qo’lbola lag’monlar, sutli, mayiz-yong'oqli patirlar, qazi solib damlangan osh, to’g o’tlari solib qaynatilgan suyuq osh… Bularning hammasi dasturxon ko’rki bo’lib qolmoqda.
Ko'proq...